Jahon

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

 

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) mamlakat g‘arbida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni rejalashtirganlikda gumonlangan 10 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 30-oktyabr kuni Atirau shahrida prokuratura organlari muvofiqlashtiruvi ostida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 10 kishi bir vaqtda qo‘lga olingan.

 

Ular ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etish, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda. Tergov talqiniga ko‘ra, guruh a’zolari Qozog‘istonning g‘arbiy hududida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilgan.

 

Gumonlanuvchilarning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida o‘qotar qurollar, giyohvand moddalar, diniy buyumlar, adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yilgan.

 

Shuningdek, guruh a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun tashkil etilgan uchta yashirin o‘quv markazi faoliyatiga chek qo‘yilgan. MXQ ma’lumotiga ko‘ra, guruhning ayrim a’zolari avval ham terrorchilik va boshqa jinoiy huquqbuzarliklar uchun sudlangan.

 

Qozog‘iston MXQsi tergovga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmasligini bildirgan.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.