Jahon

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

 

Rossiyada ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan xorijiy fuqarolarni mamlakatdan deportatsiya qilishga asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati kengaytirildi. Yangi tartib 3-noyabrdan kuchga kirgan federal qonunda belgilangan.

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati ma’lum qilishicha, deportatsiya bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar soni ikki baravar oshib, 45 taga yetgan.

 

Ular qatoriga mayda bezorilik, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzish, politsiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik hamda Rossiya Qurolli Kuchlarining obro‘sini tushirish kabi holatlar kiritilgan.

 

Shuningdek, deportatsiya boshqa ma’muriy jazolar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lmagan huquqbuzarliklar ro‘yxati ham kengaytirilgan. Unga giyohvand moddalar noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq ma’muriy qoidabuzarliklar ham kiritilgan.

 

Qonun migratsiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma’muriy jarimalarning eng kam va eng yuqori miqdorlarini ham oshiradi.

 

Migratsiya xizmati yangi tartib jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborish jarayonini samaraliroq va tezroq amalga oshirishga qaratilganini bildirgan.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.