Samarqanddagi "kannabis plantasiyasi" haqida ma’lumot berildi
Olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2021 yil 7 avgust kuni Jomboy tumani «Olmazor» mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.E. ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazildi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Tintuv davomida ushbu shaxsning tomorqasidan 2160 tup «kannabis» giyohvandlik vositalariga o‘xshash o‘simliklar ekilganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi.
Bundan tashqari, ushbu hovlidan 512 tup quruq holdagi «kannabis» giyohvandlik vositalari, uyidagi ovqat pishirish pechi ichidan ichidan 100 gramm «kannabis» giyohvandlik vositasining urug‘i saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur plantasiyaning topilgani va mas’ullar tomonidan tekshirilayotgani haqida xabar bergandik.







