Jamiyat

Shu paytga qadar Qashqadaryodagi test sinovlarida abituriyentlarning "o‘yinqaroqlik"lari soni 35 tani tashkil qilmoqda

Qarshi shahridagi “Nasaf” o‘yingohida 2 bosqichda test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Shu paytga qadar Qashqadaryodagi test sinovlarida abituriyentlarning "o‘yinqaroqlik"lari soni 35 tani tashkil qilmoqda


Ayrim “bilimdon” yoshlar ma’lum manfaat evaziga birovning o‘rniga test sinovlarini topshirishga urinmoqda. Natijada siri fosh bo‘lgani yetmagandek, o‘zganing bir yillik umrini bekor o‘tishiga sababchi bo‘lmoqda.
Ana shunday holatlardan bir qanchasi Qashqadaryo viloyatida ham aniqlandi.

Jumladan, test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlanib, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu paytga qadar Qashqadaryodagi test sinovlarida abituriyentlarning "o‘yinqaroqlik"lari soni 35 tani tashkil qilmoqda | Zamon.uz