Jamiyat

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 8 avgust kuni soat 16:37da Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Voqea joyiga zudlik bilan FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borishgan va soat taxminan 18:20larda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishda FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari ishtirok etgan. Yong‘in natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilnig  1 avgust kuni ham Jizzax viloyati Zomin tumani «Duoba» MFY «O‘riklisoy» aholi punkti hududiga yaqin joyda yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi | Zamon.uz