Zominda «VAZ-2107» va Tracker avtomobili to‘qnashdi
2021 yilning 31 iyul kuni soat 16:10 larda Zomin tumani hududidan o‘tgan Dashtobod–Zomin–Supa–Baxmal–Gʻallaorol 4R40 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Unda Zomin tumanida yashovchi 1988 yil tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2107» rusumli avtomobil Bog‘ishamol ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasi chorrahasidan o‘tayotgan Zomin tumanida yashovchi 2002 yil tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Tracker avtomobili yo‘liga chiqib ketishi oqibatida ikki avtomobil to‘qnashgan.
Oqibatda «VAZ-2107» salonida bo‘lgan 2008 yil tug‘ilgan Zomin tumani xalq ta’limi bo‘limiga tegishli 34-maktabning 7-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohati sabab tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.







