Jamiyat

Buxorolik o‘quvchi Prezident grantini olishga nomzod

Buxoro viloyati xalq taʼlimi bo‘limining xabariga ko‘ra, Romitan tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi — Baxtiyor Karvonov oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida 70 ta test topshiriqlarining barchasini to‘g‘ri bajarib, 189 ballni to‘plagan. Natijda, Prezident grantini olishga nomzodlar qatoridan joy olgan.

Buxorolik o‘quvchi Prezident grantini olishga nomzod

 

 

U 2020-2021 o‘quv yilida fan olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindor safidan o‘rin olgan. Shuningdek, Romitan XTB tomonidan o‘tkazilgan "Iqtidorli o‘quvchilar" tanlovida oliy o‘rinni qo‘lga kiritib, tuman hokimi stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.

 

Avvalroq Prezident grantiga kimlar munosibligi haqida xabar berilgandi.

Buxorolik o‘quvchi Prezident grantini olishga nomzod | Zamon.uz