Jamiyat

“Drift”chilarga qanday chora bor?

Avtosport olamida hech qanday raqobat haddan tashqari haydashsiz o‘tmaydi. Baʼzi hollarda o‘ta yuqori tezlik qadrlanadi, boshqalarda —  burilish aniqligi. Biroq ekstremal haydashning bitta toifasi mavjud — drift.

“Drift”chilarga qanday chora bor?

 

Drift, aslida, musobaqa! Unda kim o‘zarga haydash, burilish muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu musobaqaning o‘z o‘rni, o‘z joyi bor.

 

Kuni kecha tungi 23:30 lar atrofida Toshkent shahar Sirg‘ali 4 mavzesida nomaʼlum shaxslar tomonidan  2 ta avtomobil ko‘p qavatli uylar oldida katta tezlikda aylanib, drift poygasini uyushtirgan. Tabiiyki, bu holat aholi tomonidan katta eʼtirozga sabab bo‘lgan.

 

Albatta, aholi yashash joylarida bu kabi tryuklarni bajarish taqiqlangan. Biroq shunday bo‘lsa-da, so‘ngi paytlarda bu kabi holatlar poytaxt ko‘chalarida tez-tez sodir bo‘lmoqda. Xo‘sh, bu kabi xavfli holatlarda qonunchiligimizda qanday choralar belgilangan?

 

Toshkent shahar YHXB katta mutaxassisi Shodmon Safarov:

“So‘ngi vaqtlarda avtoulovning ekstremal turlarini yoqtiradigan orasida, rasmiylarning taqiqlariga qaramay, drifting mashhurlik kasb etmoqda. Bu holat o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, yo‘l transport hodisasi sodir etilishiga sabab bo‘lishi hech gap emas. Shu sabab, xavfli holat sodir etilgan odamning shaxsiga aniqlik kiritiladi. Amaldagi qonunchiligimizga binoan transport vositasini xavfli holat sodir etib  boshqarishda ayblab, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 5-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Shuningdek, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtiriladi”.

“Drift”chilarga qanday chora bor? | Zamon.uz