«Milliy taomlar»dagi nojo‘ya harakat fojiaga sabab bo‘ldi
Namanganda mast fuqaro janjal sabab tanishini urib o‘ldirdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabarga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Norin tumani hududida joylashgan milliy taomlar oshxonasida mast holda tanishi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, yuz sohasiga qo‘li bilan uradi. Shundan so‘ng boshi bilan yerga yiilgan. Natijada, fuqaro shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, fuqaro bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miyaga keng ko‘lamda qon quyulishi, yuqori nafas yo‘llariga qusuq modda berkilishi, alkogol mastlik holati asorati, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka va miya shishi natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







