Namanganda Lahore xalqaro universiteti filiali ochiladi
Namanganda Pokistonning Lahor viloyati bilan hamkorlikda loyiha qiymati 10 million dollar bo‘lgan Lahore xalqaro universiteti filiali tashkil etiladi. Bu haqda Namangan shahar hokimi o‘rinbosari Mubosher Adhamov xabar bermoqda.

Oliygoh 2022 yilning birinchi yarim yilligida o‘z faoliyatini boshlaydi. Unda tibbiyot, farmatsevtika va tish davolash kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
O‘qitish jarayonida pokistonlik yetakchi professor-o‘qituvchilar jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur oliygoh xorijiy taʼlim dargohi hisoblanib, unda nafaqat namanganlik, balki respublikamizning turli viloyatlaridan, qolaversa, xorijiy mamlakatlardan talabalar kelib, taʼlim olishlari mumkin. Buning uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Xalqaro universitet filiali jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar, zarur jihozlar bilan taʼminlanadi.







