Jamiyat

Namanganda yer to‘satdan o‘pirilib, unga mashinaning old qismi tushib ketdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar  Davlat xizmatlari markazi avtoturargohida Jentra rusumli avtomashina qo‘yilgan yer to‘satdan o‘pirilib tushgani, uning ustidagi avtomashina esa  ushbu chuqurga tushib ketgani tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Namanganda yer to‘satdan o‘pirilib, unga mashinaning old qismi tushib ketdi

 

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar hokimi matbuot kotibi Baxtiyor Nosirov bilan bog‘landik. Mutaxassis  bergan maʼlumotga ko‘ra, voqea Namangan shahri   Davlat xizmatlari markazi avtoturargohiga yaqin bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan.

 

Davlat xizmatlari markazi binosida ijaraga faoliyat yuritayotgan bank xodimi avtoturargohga yaqin bo‘lgan joyga avtomashinasini qo‘ygan. Mashina qo‘yilgan  yer to‘satdn o‘pirilib uning oldi qismi chuqurlikka tushib ketgan.

 

O‘rganish davomida o‘pirilgan yer bino yerto‘lasiga havo kirishi uchun ochib qo‘yilgan maxsus joy bo‘lib, uning ust qismi quruvchilar tomonidan yengil-yelpi yopilgani tufayli mashina og‘irligini ko‘tarolmay o‘pirilib tushgani maʼlum bo‘ldi. Bank xodimi va mashinaga  zarar yetmagan.

Namanganda yer to‘satdan o‘pirilib, unga mashinaning old qismi tushib ketdi | Zamon.uz