Nurayotgan “Said Otaliq” madrasasi bo‘yicha izoh berildi
Nurayotgan “Said Otaliq” madrasasi bo‘yicha izoh berildi.

“Zamon.uz” saytida chiqqan “Said Otaliq” qachon ro‘shnolik ko‘radi?” nomli maqolaga Madaniy meros agentligi izoh berdi.
Xabarga ko‘ra, Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligiga Denov tumanidagi “Said-Otaliq” madrasasini taʼmirlash-tiklash ishlariga 13 milliard so‘m ajratish vazifasi yuklatilgan.
2018 yil “Said-Otaliq” madrasasida respublika byudjetidan 100 million so‘m mablag‘ ajratilib, to‘liq obyektga sarflangan.
2019 yilda respublika byudjetidan madrasa uchun 550 million so‘m mablag‘ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan.
2020 yilda tarixiy obidani taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun “Meros-Chashma” DUK tomonidan ichki qismining loyiha hujjatlari tayyorlangan. Respublika byudjetidan 1 (bir) milliard so‘m mablag‘ ajratilib, shundan, 850 million so‘m berilgan. Taʼmirlash-tiklash ishlari nihoyasiga yetib, ajratilgan mablag‘ obyektga sarflangan.
Hozirda “Said Otaliq” madrasasida 2021 yil 24 may kuni tuzilgan shartnoma asosida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.







