Jamiyat

OIV va Gepatit S tashxisi uchun mobil laboratoriya ishga tushirildi

«Chegarasiz shifokorlar» va OITSga qarshi kurashish markazi OIV, Gepatit S va teri-tanosil kasalliklari tashxisi uchun mobil laboratoriyani ishga tushirdi. U Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatadi.

OIV va Gepatit S tashxisi uchun mobil laboratoriya ishga tushirildi

 

 

Toshkentda OIV, Gepatit S va jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar tashxisini qo‘yadigan harakatlanuvchi laboratoriya ishga tushirildi. Laboratoriya «Chegarasiz shifokorlar» tomonidan Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi, deya xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.

 

Yaqin vaqtlarda maxsus uskunalar bilan jihozlangan avtobusda joylashgan laboratoriyaning Toshkent shahri va viloyati bo‘ylab faoliyat ko‘rsatish kutilmoqda. Keyinchalik laboratoriya-avtobus faoliyat radiusi yana-da kengayishi mumkin.

 

«Ekspress mobil diagnostika bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amaliyotga joriy etilgan. U, bizning laboratoriyalarimizda bo‘lgani kabi, OIV, Gepatit S va sifilis kabi kasalliklarga joyida tezkorlik bilan barvaqt tashxis qo‘yishga imkon beradi. Taʼkidlayman, testlar anonim, tezkor va yuqori darajada malakali tarzda o‘tkaziladi. Shunday qilib, zarurat tug‘ilganida, bemorlarni o‘z vaqtida tibbiyot muassasalariga qayta yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi», — dedi «Chegarasiz shifokorlar» doktori Dilorom Boboxodjayeva.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"