Otasi rahbarlik qiladigan davlat tashkiloti buyurtmasini o‘g‘ilning korxonasi yutgan
Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi korxonasi 2021 yil may oyida Qaynarsoy kompleksida ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ko‘chat xarid qilish maqsadida 203,6 mln so‘mlik qora archa va tuyadaraxt uchun tanlov o‘tkazgan.

Tanlovda “Xojimurod-Abduvali o‘g‘li” fermer xo‘jaligi g‘alaba qozongan. Darvoqe, tanlovda Egamberdiyev Ravshan Valiyevichning “Munis Kelajak Iqbol” xususiy korxonasiga ham ishtirok etgan.
Qizig‘i, “Xojimurod-Abduvali o‘g‘li” fermer xo‘jaligi, yuridik shaxslar reyestriga ko‘ra, Abdujalilov Abduvali Abdur (sharif tugamay qolgan)ga taalluqli. Maʼlumotlarga ko‘ra, u Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi korxonasi rahbari Abdukarim Abdujamilovning o‘g‘li hisoblanadi.










