Jamiyat

O‘zbekistonda 9 avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

“O‘zgidromet”ga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonda 9 avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

 

Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.

 

Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonda 9 avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi | Zamon.uz