Jamiyat

“Sen ***lar kayfingni qilib yursang men javob berishim kerakmi?” — Sirdaryo Xalq banki rahbari

Sirdaryo viloyati “Xalq banki” AJ boshlig‘i Sobir Taniqulov tuman, shahar filial rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda haqoratli so‘zlar ishlatgan va xodimlariga tazyiq o‘tkazgan. Bu haqda  “Effect.uz” xabar bermoqda.

“Sen ***lar kayfingni qilib yursang men javob berishim kerakmi?” — Sirdaryo Xalq banki rahbari

 

Yig‘ilishda Taniqulov “inpspeksiya ziddiyati” bo‘yicha Markaziy bankda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda rahbarlar orqasidan gap eshitadigan bo‘lsa, ularga tegishli tartibda chora ko‘rishini keskin tarzda tushuntirgan.

 

“Agarda inpspeksiyaning “konflikti” bo‘yicha Markaziy bankdan gap eshitadigan bo‘lsam onasini san klarni hammangni, p*lar ganlar , itaraman agar gap eshitadagin bo‘lsam. Sen ifloslar kayfingni qilib yursang men javob berishim kerakmi?

Markaziy bank yig‘ilishini to‘xtatasan qanday qilib bo‘lsa ham yoki inspeksiyani yopasan na, . Agar Markaziy bankda soat yettida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda gap eshitadigan bo‘lsam ko‘rasan hammang, j*b “xuyet” qilding hammalaring indamagan sari, itaraman hammangni hali qarab turgin”, — degan so‘zlarni aytgan Taniqulov.

 

Mazkur audioyozuvga “Xalq banki” matbuot kotibi Yunus Bo‘ronov munosabat bildirdi va Sobir Taniqulovning ushbu yozuvlari tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilayotgani va qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qildi.

 

Sirdaryo viloyati Xalq banki AJ boshlig‘i Sobir Taniqulov audioyozuvdagi so‘zlariga izoh berdi:

 

“Bizga Markaziy bank tomonidan topshiriq bo‘lgan edi, ammo topshiriqlar aytilgan vaqtida bajarilmagan edi. Topshiriq bajarilmaganidan jahlim chiqib, holat ustida aytilgan so‘zlar. Keyinchalik xodimlardan uzr so‘ralgan”, — deb qisqacha izoh berdi Taniqulov.

“Sen ***lar kayfingni qilib yursang men javob berishim kerakmi?” — Sirdaryo Xalq banki rahbari | Zamon.uz