Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi
Tokio—2020 Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti 9 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportiga soat 20:00 da yetib kelishi rejalashtirilgan.


Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqadi. Shu sababli, 9 avgust kuni soat 21:00 dan soat 23:00 gacha ayrim yo‘llarda harakatlanish vaqtincha yopiladi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Xususan:
-
Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq ko‘chasiga chiqishdan boshlab Qumariq ko‘chasi bo‘ylab Bobur ko‘chasi kesishmasigacha;
-
Qumariq va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Oybek ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Oybek hamda Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasidan Botir Zokirov ko‘chasi bo‘ylab ushbu ko‘chada joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosigacha bo‘lgan yo‘l.
Haydovchilarga tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 3 ta oltin va 2 ta bronza bilan Tokio Olimpiadasi medallar reytingida 32-pog‘onani egalladi. Bu medallar sifati bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi ikkinchi natija.







