Jamiyat

Jizzaxdagi uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketdi

Jizzax viloyatining  Zarbdor tumanidagi xonadonning og‘ilxonasida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Jizzaxdagi uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketdi

 

 

9 avgust kuni soat 12:39 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Taraqqiyot” mahallasi Oltinsoy qishlog‘idagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

 

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borganlarida yashash xonadonining og‘ilxonasida somon g‘arami yonayotgani maʼlum bo‘lgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

 

Yong‘in natijasida og‘ilxonaning 20 kvadrat metr maydoni tom qismi va 300 dona presslangan somon yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzaxdagi uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketdi | Zamon.uz