Masjidlarda Juma namozlari o‘qish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi
Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 8 avgustdagi qarori bilan umumiy ovqatlanish obyektlari bilan bog‘liq karantin cheklovlari yumshatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini ommaviy emlash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, aholiga diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilindi.
Muhokama natijalari bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil
13 avgustdan eʼtiboran:
– masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;
– masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan maʼqullandi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etishni tavsiya qilindi.







