O‘zbekistonda oltin-valyuta zaxiralari qariyb $1 milliardga o‘sdi
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 avgust holatiga ko‘ra 35,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.


Bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichdan 965 million AQSh dollariga ko‘pni tashkil qilmoqda.
Zaxira aktivlarining yarmidan ko‘pi yoki 61,3 foizi oltin (21,5 mlrd. AQSh dollari), 37,5 foizi – xorijiy valyuta va depozitlar (13,1 mlrd. AQSh dollari), 1 foizi – maxsus qarz olish huquqi (380,3 mln. AQSh dollari).
O‘tgan oyda zaxiradagi oltin 0,3 million troy unsiyasiga (taxminan 9,3 tonna) oshdi, uning qiymati esa 1,3 mlrd. AQSH dollariga o‘sdi.







