Jamiyat

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 550 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

O‘zbekistonda 9 avgust kuni COVID-19 ga qarshi 638 058 doza vaksina qo‘llanildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 558 416 doza birinchi bosqichda, 69 138 doza ikkinchi bosqichda va 10 504 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 550 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

 

Shu kungacha O‘zbekistonda jami 10 663 284 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqich emlanganlar 7 387 495 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 377 313 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 898 476 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 1 360 237 nafarni tashkil qilmoqda.

 

9 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Samarqand viloyati (115 524 doza),

  • Qashqadaryo viloyati (73 505 doza),

  • Andijon viloyati (66 409 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 1 244 319 doza,

  • Farg‘ona viloyatida 1 240 161 doza,

  • Andijon viloyatida 1 158 987 dozani tashkil qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda o‘zbek-xitoy vaksinasining 2 va 3-dozasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi. Taʼkidlanishicha, bundan maqsad — «emlash jarayonini to‘g‘ri rejalashtirib olish».

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"