Jamiyat

Samarqandda gaz quyish shoxobchasi davlatga 1 milliard so‘m zarar yetkazdi

MDXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli soha mutaxassislarni jalb qilgan holda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Samarqandda gaz quyish shoxobchasi davlatga 1 milliard so‘m zarar yetkazdi

 

 

Tadbir davomida Pastdarg‘om tumani “Jahongir NDN” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasini  tumanning “Nayman”, “Charxin” MFYlari, Samarqand tumanining “Gulobod”, “Gazchilar” va “Yangiobod” MFYlari hamda Samarqand shahri “Kimyogarlar” qo‘rg‘oni aholisi (jami 17 000 ta xonadon) va 84 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer osti gaz quvuriga 100 mm.li quvurlar bilan noqonuniy ulanib, gazdan foydalanib kelgani aniqlandi.

Bu tegishli tartibda hujjatlashtirildi. O‘tkazilgan tadbir bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar ko‘ra, 1 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani hisoblanib, “Hududgaz Samarqand”gaz taʼminoti filiali tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan  tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda gaz quyish shoxobchasi davlatga 1 milliard so‘m zarar yetkazdi | Zamon.uz