Surxondaryoda teplovoz “ZIL” yuk mashinasini urib ketdi. 43 yoshli haydovchi vafot etdi (video)
Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida “ZIL” yuk mashinasi haydovchisi teplovoz urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 7 avgust kuni soat 23:30 lar atrofida Sho‘rchi—Elbuloq temir yo‘l bekatlari oralig‘ida yuz bergan. “ZIL” yuk mashinasi rezerv teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘ra turib, temir yo‘l kesishmasidagi svetofor chiroqlariga amal qilmasdan, yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo yaqinlashib qolgan teplovoz yuk mashinasini urib ketgan. Oqibatda “ZIL”dagi 43 yoshli haydovchi vafot etgan.
Taʼkidlanishicha, u 10 yillik haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan, yuk mashinani esa ijaraga olib haydab kelayotgan bo‘lgan.







