Jamiyat

Toshkent shahrida qizlarga tegishli ruxsatsiz diniy dars oʻtayotgan shaxs aniqlandi

IIBBning xabar qilishicha, Uchtepa tumanida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 30 yoshli Farida I. tegishli ruxsatsiz qizlarga diniy adabiyotdan foydalangan holda dars oʻtayotgani aniqlangan.

Toshkent shahrida qizlarga tegishli ruxsatsiz diniy dars oʻtayotgan shaxs aniqlandi

 

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-moddasiga (“Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish”) muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirildi.

 

Sud oʻz navbatida Farida I.ga nisbatan BHMning 5 barobari muqdorida jarima belgiladi.

 

Avvalroq Diniy qo‘mita ruxsati va xulosalari bilan chop qilingan Qur’on kitobida qator xatoliklar aniqlangan edi.

Toshkent shahrida qizlarga tegishli ruxsatsiz diniy dars oʻtayotgan shaxs aniqlandi | Zamon.uz