Denovda pul o’g’irlagan fuqaro ushlandi
Denov tumanida 2021 yil 17 iyul kuni Oltinsoy tumani, «Sayrak» mahallasida yashovchi, J. Xosila tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 iyul kuni tuman hududida joylashgan «Xalqobod» buyum bozorida, sumkasida bo'lgan 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan.

Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini Sho'rchi tumanida yashovchi, Q. Xosiyat sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan 27 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.







