Jizzaxda uka o‘z akasini, qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi
Har ikki holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


7 avgust kuni Zarbdor tumanida fuqaro T.A. ukasi Yu.T. bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik isteʼmol qilib, aka-uka o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida Yu.T. akasi T.A.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda akasi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.
Shuningdek, 8 avgust kuni shu tumandagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N. qayniukasi A.S. bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida qayniukasi kelinoyisi A.N.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismlariga urib, tan jarohati yetkazgani oqibatida vafot etgan.
Har ikki holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik erkan o‘z xolasi va uning uch nafar farzandining hayotiga zomin bo‘lgani hamda Andijonda ayol erini unitaz qopqog‘i bilan urib o‘ldirgani haqida xabar bergandik.







