0

Rossiyada avtohalokatga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Moskva–Volgograd avtomobil yo‘lida 2021 yilning 30 iyun kuni yuz bergan avtohalokatda tan jarohatini olgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Rossiyada avtohalokatga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi

 

 

Fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog‘liq xarajatlari sug‘urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab berildi.

 

Ushbu fuqarolar shifoxonada to‘liq reabilitatsiyadan o‘tganidan so‘ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Volgograd–Moskva–Urganch yo‘nalishida aviachipta rasmiylashtirildi.

 

Fuqarolar 10 avgust kuni Urganch shahriga yetib keldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Rossiyada avtohalokatga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi