Samarqand viloyati hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan maʼlumot berildi
Samarqand viloyati hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan maʼlumot berildi.


Biroz aaval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri, Nayman mahallasida uchta uy yonmoqdaligi haqida xabar bergan edik. Mazkur xolat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.
Bugun 11-avgust kuni soat 10:32da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Mirzoto‘p” MFY, P.Xudoyberdiyev ko‘chasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga yetib borib, (Yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 8 km.ni tashkil etadi.) soat 11:03 da yong‘in o‘rab olingan va soat 11:34 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150kv.m. xamda qo‘shni uyning 10 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.







