Jamiyat

Yong‘in chiqqan fermaga 5ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi

Yong‘in chiqqan fermaga 5ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi.

Yong‘in chiqqan fermaga 5ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi

 

 

Avvalroq, 1000 ta qora moli bor bo‘lgan ferma yonib ketgani haqida xabar qilgan edik. 


Aniqlanishicha yong‘in Qirg‘izistonning “Kok-Art” mikrorayonida sodir bo‘lgan. Talofatni bartaraf etishga 5 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan. 


Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in qisqa muddatda katta omborni butkul qamrab olgan. Ishchilar va chorva mollari tezlik bilan evakuatsiya qilingan. Voqea bugun, 11 avgust sanasida kunning birinchi qismida yuz bergan. 12:30 da yong‘in batamom o‘chirilgan. Qurbonlar yo‘q.


Ferma egasining aytishicha, yong‘in bo‘lgan vaqt omborda 400 ga yaqin  mol bo‘lgan. Dastlabki tahminlarga ko‘ra yong‘inga elektr simlaridagi qisqa   tutashuv sabab bo‘lgan. 


Voqea sabab zahira uchun tayyorlangan yem hashak va pichan yonib ketgan. Binoning tom qismi ham vayronaga aylangan.

Yong‘in chiqqan fermaga 5ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi | Zamon.uz