Jamiyat

MIB: Bo‘zatovda bir kunda ikki oila yarashtirildi

MIB: Bo‘zatovda bir kunda ikki oila yarashtirildi.

MIB: Bo‘zatovda bir kunda ikki oila yarashtirildi

 

 

Majburiy ijro byurosi Bo‘zatov tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.J.dan undiruvchi S.Berdimuratovnaning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun bir oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

 

Shu kabi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining qarzdor A.Q.dan undiruvchi S.Omarova foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun bir oylik jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Albatta, hech qanday aliment pullari ota va onaning o‘rnini bosa olmaydi va shu asnoda bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan mazkur oilalarning butligini saqlab qolish maqsadida, turmosh o‘rtoqlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda bu sayi harakatlar o‘z natijasini berib 2 oilaning yarashishiga erishildi va hozirgi kunda, yarashgan oilalar o‘z farzandlari bilan birgalikda baxtli hayot kechirmoqda.

 

Shu sababli, mazkur ijro hujjati joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respulikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasiga asosan qisqartildi.

MIB: Bo‘zatovda bir kunda ikki oila yarashtirildi | Zamon.uz