Jamiyat

Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI boshlig‘i ishdan ketdi.

Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

 

 

Bugun, 12 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

 

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

 

2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.

 

Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Zafar Avazovich Ergashev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etilgan. Sessiyada tumanga yangi prokuror, IIB boshlig‘i hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlangani maʼlum qilingan.

Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi | Zamon.uz