Jamiyat

Samarqandda aholidan o‘marilgan gaz qaytarildi

Nurobod  tumani “Nurobodtumangaz” taʼminoti bo‘limi xodimi tomonidan xalqqa beriladigan gaz ballon hujjatlari soxtalashtirilib, o‘marilgani ochiqlandi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Samarqandda aholidan o‘marilgan gaz qaytarildi

 

 

Zamon.uz muxbiri masala yuzasidan surishtiruv olib bordi. Nurobod tumani hokimi, “Nurobodtumangaz” boshlig‘i bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi. Taʼkidlanishicha, firibgar xodim aybi ochilishi bilan ishdan bo‘shatilgan.

 

“Bizning tumanda 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, undan 12 ta mahalla qisman gaz bilan taʼminlangan. Faqat bitta mahallada to‘liq gaz taʼminoti o‘rnatilgan”, – dedi “Nurobodtumangaz” boshlig‘i.

 

Hokimining maʼlumotiga ko‘ra, tumanda bitta odamning gaz balloni o‘marilgan.  Ijtimoiy tarmoqlarda esa ko‘plab odamlarning gaz ballonlari yetib kelmagani aytilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, voqea 7 avgust kuni Chortut mahallasida yuz bergan. Fuqaro Jo‘rabek To‘raqulov tuman gaz boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Maʼlumot o‘rnida, bitta gaz ballon to‘ldirib olib kelish 22 700 so‘m hisoblanadi.

 

Avvalroq Samarqandda gazchilar 252,9 million so‘mni yutib yuborgani aytilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Samarqandda aholidan o‘marilgan gaz qaytarildi