Surxondaryodagi YTH oqibatida 5 nafar farzand otasiz qoldi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 10 avgust kuni “Nexia” avtomobili qarama-qarshi yo‘ldagi piyodani urib yuborgan. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.


Maʼlum bo‘lishicha, holat Qumqo‘rg‘on tumanidagi M-41 avtomobil yo‘lining 1539-kilometrida sodir bo‘lgan. Mast holatda “Nexia” mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishdagi piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 nafar farzandning yagona boquvchisi bo‘lgan ota halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi hamda Sirdaryoda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi avtohalokatga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgandi.







