Jamiyat

Tadbirkorlarni qaysi muammo  ko‘p qiynayapti?

Kredit olish, subsidiya va bank faoliyati bilan bog‘liq holatlar tadbirkorlar kun taritibdagi muhim masalalardan bo‘lib qolmoqda.

Tadbirkorlarni qaysi muammo  ko‘p qiynayapti?

 

11 avgust holatiga ko‘ra, Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi oldidan tuzilgan  Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish shtabiga jami  6 ming 304 ta shu yo‘nalishda murojaat kelib tushgan. Yer ajratish masalasi bo‘yicha esa 2 ming 701 ta.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 20 iyuldan beri ishbilarmonlar tomonidan qilingan murojaatlar soni 15 ming 309 taga yetgan. Shundan 13 mingdan ortig‘i individual, 1 ming 234 tasi tizimli muammolarni hal etishga qaratilgan takliflardir.  Eng ko‘p murojaat Toshkent shahri hissasi to‘g‘ri kelmoqda– 1564 ta. Hozirga kelib murojaatlarining 81foizi ijobiy hal qilingan.

 

Bu haqda bugun, 12 avgust kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida  tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish shtabi faoliyatiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tildi.

 

Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri  birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov ishtirok etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident ShavkatMirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyida bo‘lishi kutilmoqda

Tadbirkorlarni qaysi muammo  ko‘p qiynayapti? | Zamon.uz