Jamiyat

Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shugʼullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlandi

Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi

 

Ekstremistlar Toshkent viloyati Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʼtkazilgan "Xavfsiz hudud" tezkor tadbiri davomida qoʼlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʼyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yonida tigʼli jism olib yurish, belgilangan karantin va "Pasport-viza" qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish, bezorilik hamda noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda chora koʼrilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"