Jamiyat

Toshkentda «Gazel» va «Nexia» toʼqnashib ketdi

2021 yil 12 avgust kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunusota ko‘chasidagi 43-uy ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkentda «Gazel» va «Nexia» toʼqnashib ketdi

 

 

IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1967 yilda tug‘ilgan F.K. boshqaruvidagi "Gazel" rusumli hamda haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan J.R. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

To‘qnashuv natijasida 5 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"