Jamiyat

Toshkentda yerosti yoʼlagi shiftining bir qismi oʼpirilib tushdi

Toshkent metrosining “Buyuk ipak yoʼli” bekatiga olib tushuvchi yer osti yoʼlaklaridan birida shift qoplamasining bir qismi qulab tushdi, deb maʼlum qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Toshkentda yerosti yoʼlagi shiftining bir qismi oʼpirilib tushdi



Voqae 12 avgust kuni soat taxminan 14:30da roʼy bergan. Yoʼlak shiftiga oʼrnatilgan kompozit panel (alyukobond) oʼpirilib tushgan. Аniqlanishicha mazkur xodisa konstruktsiyaning bir qismi yerosti oʼtish yoʼlagi ustida joylashgan chimni sugʼorish natijasida toʼplangan suvning ogʼirligi tufayli yuzaga kelgan.
Qulash jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan. Jabrlanganlar yoʼq.

Toshkentda yerosti yoʼlagi shiftining bir qismi oʼpirilib tushdi | Zamon.uz