Jamiyat

Yo‘llar nosozligi haqidagi murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus platforma yaratiladi

Yo‘llar nosozligi haqidagi murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus platforma yaratiladi.

Yo‘llar nosozligi haqidagi murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus platforma yaratiladi

Prezidentning tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Moliya hamda Aloqa vazirliklari bilan birgalikda uch oy muddatda avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO’L” onlayn axborot platformasini va uning mobil ilovasini ishga tushiradi.

 

Platformada avtomobil yo‘llari sohasiga oid ochiq ma’lumotlar shaklida majburiy tartibda joylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati, joylashtirish muddatlari, axborot uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat loyihasiga muvofiq, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar xorijiy tajribaga asoslangan holda Platformada Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ob’yektlarining Interaktiv onlayn-xaritasini ishlab chiqishi belgilanmoqda.

 

Platformaning alohida sahifasi orqali esa aholining yo‘llar nosozligi, shuningdek yo‘llarda va yo‘l bo‘yida xavfsiz harakatlanish uchun paydo bo‘lgan favqulodda texnik muammolar (svetoforlar va yo‘l belgilar o‘rnatilmaganligi yoki ularga shikast yetkanligi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan hodisalar ortidan hosil bo‘ladigan oqibatlar) haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi.

Yo‘llar nosozligi haqidagi murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus platforma yaratiladi | Zamon.uz