Jamiyat

Zominda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan "Nexia" yonib ketdi

Jizzax viloyati Zomin tumani hududidan o‘tgan Qo‘qon – Jizzax A- 376 yo‘lining 256- kilometrida “Nexia” “Zil-138” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Zominda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan "Nexia" yonib ketdi

Oqibatda tumanning Beshyuz qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan B.O‘. boshqaruvidagi “Nexia” to‘liq yonib ketdi. Haydovchini avtoulovdan chiqarib olishning iloji bo‘lmagan va u voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Ko‘ngilsiz hodisaga haydovchining uxlab qolishi natijasida “Nexia”ning “Zil-138” yo‘liga chiqib ketishi sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Zominda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan "Nexia" yonib ketdi | Zamon.uz