Jamiyat

Bulung‘urda elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ishga tushdi

Bulung‘urda Samarqand viloyatidagi elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ishga tushdi. Bu haqda Bulung‘ur tumani axborot xizmati xabar berdi.

Bulung‘urda elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ishga tushdi

 

 

O‘zbekistonda birinchi elektr zaryadlovchi qurilmalar Farg‘onada, keyin Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘rnatilgan. Hozirga kelib yurtimizda 23 ta zaryadlovchi qurilmalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatgich bundan bir yil oldin 3 tani tashkil qilgan.


Bulung‘urda o‘rnatilgan elektromobillarni zaryadlovchi qurilmadan kunda bir-ikki marta foydalanilayotgani aytilgan. Qurilma afzalliklaridan biri uyda 8 soat davomida zaryad oladigan elektromobillar bu uskunada ikki soat davomida to‘liq quvvatlanadi.

 


Hozirgi kunda bu qurilmadan foydalanish bepul. Faqat sarflagan elektr energiyasi uchun pul to‘lanadi.

Bulung‘urda elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ishga tushdi | Zamon.uz