Jamiyat

Nukusda kafe egasi mijoz bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi “Sazan” kafesida 2021-yil 1-avgust kuni mijoz va kafe egasi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Nukusda kafe egasi mijoz bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi

 

 

Qayd etilishicha, ovqatlanish joyiga kelgan E.M. ismli mijoz kafe egasi bilan janjallashib qolgan. Oqibatda u tan jarohati tufayli shifoxonaga olib ketilgan. Ammo u jonlantirish bo‘limiga o‘lik holda yetkazilgan.

 

Mazkur voqea yuzasidan Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi. Unga ko‘ra, Nukus shahri “Qutli makan” MFYda joylashgan “Sazan” kafesidagi janjal bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

 

Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro U.K.ga IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi, “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov e’lon qilingan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Nukusda kafe egasi mijoz bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz