O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasida 7,3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi
O‘zbekistonda 6 oy davomida aloqa va axborotlashtirish sohasida 7,3 trln. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 318,1 trln. so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 119,4 foizga teng.
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish sur’ati:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 16,3 foiz;
Andijon – 12,0 foiz;
Buxoro – 16,5 foiz;
Jizzax – 16,0 foiz;
Qashqadaryo – 19,9 foiz;
Navoiy – 15,6 foiz;
Namangan – 7,4 foiz;
Samarqand – 14,8 foiz;
Surxondaryo – 20,6 foiz;
Sirdaryo – 23,9 foiz;
Toshkent – 35,3 foiz;
Farg‘ona – 16,0 foiz;
Xorazm – 20,4 foiz;
Toshkent sh. – 21,0 foiz.







