Jamiyat

Samarqandda 16 sotix yerni 33 ming dollar evaziga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 16 sotix yerni noqonuniy sotishga uringan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Samarqandda 16 sotix yerni 33 ming dollar evaziga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

 

 

Qayd etilishicha, viloyatning Jomboy tumanida yashovchi fuqarolar — T.E. va N.D. Samarqand suv xo‘jaligiga qarashli 16 sotix yerni fuqaro Sh.B.ga noqonuniy ravishda rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 33 ming 200 dollar so‘ragan.

 

DXX va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer sotuvchilar fuqarodan kelishilgan pulning 7 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Jomboy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Samarqandda 16 sotix yerni 33 ming dollar evaziga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi