Jamiyat

Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan firibgarlik jinoyati fosh etildi.

Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni va'da qilgan firibgar ushlandi

 

 

Qayd etilishicha, «Xiva tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi bilan «G» MChJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan va avans tariqasida 200 mln so‘m o‘tkazilgan. 

 

Ammo ishlar to‘liq bajarilmagani sababli, «G» MChJ hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yilgan. 

 

«Xiva tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi yuriskonsulti B.A. ushbu talabnomani bekor qildirib berishni va'da etib, «G» MChJ rahbaridan 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni va'da qilgan firibgar ushlandi