Xo‘jaobod hokimining birinchi o‘rinbosari yurak xuruji va pnevmoniyadan vafot etdi
Аndijon viloyatining Xo‘jaobod tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Ikrom Teshaboyev 41 yoshida yurak xuruji va pnevmoniyadan vafot etdi.


Ikrom Teshaboyev 1980-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2008-yili Аndijon muhandislik-iqtisodiyot institutini sirtdan tamomlagan. Turli yillarda Xo‘jaobod tumanidagi shirkat va fermer xo‘jaliklari hisobchisi, 2008—2019-yillarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma bo‘limi mutaxassisi, iqtisodiyot va sanoat bo‘limi boshlig‘i, 2019—2020-yillarda Xo‘jaobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U 2020-yildan buyon Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.







