7 ta hududda test sinovlari yakunlandi
Ma'lumki, joriy yilning 5 avgust kunidan 2021/2022 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta'lim muassalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga test sinovlari boshlangandi.


13 avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi.
P.S.: Respublika bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni yakunlanadi. Tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abiturientlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiya qarori qabul qilingani hamda koronavirusga chalingan abiturientlarning imtihonga kirishi ochiqlangani haqida xabar berilgandi.







