Jamiyat

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda 58 nafar ichki ishlar organlari xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda 58 nafar ichki ishlar organlari xodimi xizmat vazifasi vaqtida halok bo‘lgan.

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda 58 nafar ichki ishlar organlari xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan

Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev maʼlum qildi.

«Bir ikki holatni deb butun ichki ishlar tizimiga baho berish holatlari ham yo‘q emas. Ichki ishlar organlarida 99 foiz o‘z xizmatiga fidoyi, yurtiga sadoqatli, o‘z qasamyodiga sodiq insonlar mehnat qiladi.

So‘nggi uch yil davomida ichki ishlar organlari xodimlarining 142 nafari halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Shulardan 58 nafari o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida vafot etgan», – deydi Bekmurod Abdullayev.

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda 58 nafar ichki ishlar organlari xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan | Zamon.uz