Jamiyat

Toshkentda chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotgan ayol qo'lga olindi

Yangihayot tumanida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatga chek qo‘yildi.

Toshkentda chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotgan ayol qo'lga olindi

 

 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, tadbir davomida fuqaro R.T. 2021 yil 7 avgust kuni tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ayni vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"