Eng dolzarb

AFG‘ONISTON: Mozori Sharif va Jalolobodning strategik ahamiyati qanday?

15ғavgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahrini egallagani maʼlum qilindi.

AFG‘ONISTON: Mozori Sharif va Jalolobodning strategik ahamiyati qanday?

Bundan avval Mozori Sharifda “Tolibon” ga qarshi barchа kuchlarning katta miqdorda qo‘shin va harbiy texnikalari to‘plangan edi. Afg‘onistondagi ikki yirik siyosiy arbob– marshal Abdulrashid Do‘stum va general Atto Muhammad Nur shaharda mudofaa ishlariga boshchilik qilishi rejalashtirilgan. Ko‘pchilik ekspertlar aynan Mozori Sharifda urushning tub burilish nuqtasi sodir bo‘ladi deb tahmin qilishgan edi.

 

Bundan tashqari 15- avgust kuni  “Tolibon” mamlakatdagi yana bir muhim strategik shahar-Jalolobodni qo‘lga kiritdi. Mozori Sharif qulaganidan so‘ng Jalolobod rasmiy hukumat nazoratida turgankam sonli shaharlardan biri edi. Jalolobod egallanganidan so‘ng hukumat qo‘lida faqat Kobul va bir necha shaharlar qoldi, xolos.

 

Ushbu yirik shaharlar “Tolibon”ga faqatgina harbiy-siyosiy ustunlikkina emas, balki o‘ta muhim iqtisodiy ustunlikni ham taqdim etadi. Masalan, Mozori Sharif Afg‘onistonning eng muhim savdo hamkorlaridan biri–O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan. Termizdan Mozori Sharifgacha masofa 5 kmni tashkil etadi. 2011-yilda ishga tushirilgan“Termiz-Mozori Sharif” temiryo‘li davlatlararo savdo aloqalarining asosiy bo‘g‘inini tashkil etadi. O‘zbekiston o‘z tovarlarini Mozori Sharif orqali butun Аfg`onistonga tarqatadi. Sababi shahar eng muhim iqtisodiy markazlar–Kobul va Hirot bilan avtomobil yo‘li orqali bog‘langan. Mozori Sharif shuningdek mintaqaning eng yirik transport-logistik loyihasi bo‘lishi kutilayotgan “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘lining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.

 

Afg‘oniston-ko‘p millatli davlat. Mozori Sharif Afg‘oniston o‘zbeklari va xazoriylari to‘plangan yirik markaz. Bu “Tolibon”ning boshqa millatlar bilan aloqalarini mustahkamlashiga yordam beradi. Ushbu omil mamlakatda hokimiyat mustahkamligi va barqarorlik uchun katta ahamiyatga ega.

 

Jalolobod ham strategik nuqtada joylashgan. Eng avvalo shahar Kobul yo‘lidaga shahar ekanligi bilan ahamiyatli. Poytaxtning Pokiston yo‘nalishidagi barcha aloqalari Jalolobod orqali o‘tadi. “Tolibon” strategiyasiga eʼtibor berilsa, u Kobulni barcha tarafdan qamalga olib kelmoqda. Jalolobodning egallanishi bilan Kobul to‘rt tarafdan o‘rab olingan deyish mumkin.

 

Shahar muhim transport va savdo-taqsimot markazi hisoblanadi. Shu bilan birga huddi Mozori Sharif kabi Jalolobod ham “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li ustida joylashgan, temiryo‘l ishga tushirilishi orqali Jalolobodning mavqei yana-da oshadi. Bundan tashqari Afg‘oniston markaziy viloyatlari, jumladan Kobulning taʼminoti uchun shahar katta ahamiyatga ega. Poytaxtni muhim taʼminot markazidan uzib qo‘yilishi “Tolibon”ni yana-da kuchaytirdi.

 

Ushbu ikki shahar egallanishi ortidan “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid harakat  rasmiy Kobul bilan muzokaralarga tayyorligini maʼlum qildi. Endilikda muzokaralar bo‘lgan taqdirda “Tolibon” yaqqol ustunlikka ega, sababi Mozori Sharif va Jalolobod egallanishi jangarilarning yirik harbiy-siyosiy g‘alabasi hisoblanadi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"