Jahon

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ommaviy tartibsizliklar yoki Yelisey saroyiga hujum uyushtirilgan taqdirda Parij chekkasidagi maxfiy bunkerdan boshpana topishi mumkin. Prezidentni evakuatsiya qilish rejasi 2027-yilgi saylovlar oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida ishlab chiqilgan. Bu haqda The Telegraph nashri jurnalistlar surishtiruvi asosida yozmoqda.

 

Ma’lumotlar Per Gastino, Antuan Izambar va Frank Reno muallifligidagi «Soyalar yangi armiyasi» (La Nouvelle Armée des Ombres) kitobida keltirilgan.

 

Mualliflarning yozishicha, Makronni evakuatsiya qilish rejalari 2018-yilda «Sariq nimchalilar» namoyishlaridan keyin ishlab chiqila boshlangan. O‘shanda prezident Le-Pyui-an-Vele shahriga tashrifi chog‘ida norozilik bildirgan namoyishchilarga duch kelgan.

 

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar, qo‘poruvchilik harakatlari, kiberhujumlar va qurolli qo‘zg‘olon ssenariylariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Kitob mualliflari bilan suhbatlashgan manbalarga ko‘ra, o‘ng qanotdagi «Milliy birlashuv» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen g‘alaba qozonsa, so‘l radikallar, shahar chekkalarida yashovchi yoshlar va qishloq faollari saylov natijalariga qarshi namoyishlarga chiqishi mumkin. So‘l siyosatchi Jan-Lyuk Melanshon g‘alaba qozongan taqdirda esa politsiyaning passiv qarshilik ko‘rsatishi ehtimolidan xavotir bildirilmoqda.

 

Shuningdek, Parij politsiyasi ehtimoliy qo‘zg‘olonga qarshi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazgan. Fransiya tashqi razvedka xizmati saylovlarga aralashuv ssenariylarini o‘rgangan, poytaxt politsiyasi esa keng ko‘lamli kiberhujum yuz bergan taqdirda 24 soat davomida shifrlangan smartfonlarsiz ishlashni mashq qilgan.

 

Kitobda Fransiya va Belgiya xavfsizlik xizmatlari hamda Frontex ishtirokidagi mashg‘ulotlar ham tasvirlangan. Ularda Jazoirdagi ehtimoliy yadroviy avariya, migrantlarning Yevropaga ommaviy oqimi va Rossiyaning «soya floti» bilan bog‘liq kiberhujumlar ssenariylari sinovdan o‘tkazilgan.

 

Bundan tashqari, Fransiya maxsus kuchlari qurolli isyon yuz bergan taqdirda parlamentni himoya qilish rejalarini ham ishlab chiqqan. Maxsus xizmatlar Sovuq urush davridagi yashirin qarshilik tarmoqlarining ayrim elementlarini qayta tiklash imkoniyatlarini ham o‘rganmoqda.

 

Ayni paytda maxsus kuchlar bo‘linmasining sobiq qo‘mondoni mamlakat ichidagi tartibsizliklarni bostirishda armiyadan foydalanish xavfli ekanini ta’kidlagan. Uning fikricha, asosiy tahdid hokimiyatning o‘z aholisiga qarshi harbiy kuch ishlatishni odatiy hol deb qabul qila boshlashidir.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.